"Tolibon" jangarilari Xirot viloyatidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

Hujum oqibatida 14 kishi halok bo’ldi. Ular orasida tinch aholi vakillari ham bor.

1260683
"Tolibon" jangarilari Xirot viloyatidagi politsiya nazorat uchastkasiga hujum qildi

 

Afg’oniston g’arbida joylashgan Xirot viloyati Kishk Rubat Sangi tumanidagi politsiya nazorat uchastkasiga “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan hujum sodir etildi.

Hujum oqibatida 14 kishi halok bo’ldi. Ular orasida tinch aholi vakillari ham bor. Hujumda 10 kishi jarohatlangan.

Xirot xavfsizlik boshqarmasi xodimi Abdul Ahad Valizoda ma’lum qilishicha, Chardara qishlog’ida joylashgan politsiya nazorat uchastkasiga bir guruh “Tolibon” jangarilari hujum qilgan.

Hujumdan so’ng otishmalar boshlangan.

“Tolibon” harakati vakillarining izohiga ko’ra, hujumda 11 nafar politsiya xodimi halok bo’lgan.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #hujum , #Xirot , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar