Suriyaning shimoli-g’arbiga qarshi uyushtirilgan hujumda bu gal 9 kishi jon berdi

Muxolafat manbaalariga ko'ra Asad rejimi bilan Rossiya Idlibning tuman va qishloqlariga og’ir hujum uyushtirgan.

1258236
Suriyaning shimoli-g’arbiga qarshi uyushtirilgan hujumda bu gal 9 kishi jon berdi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan Rossiya tomonidan Idlibdagi taranglikni kamaytirish chegarasiga qarshi havo hujumi uyushtirildi. Oqibatida tinch aholidan 9 kishi jon berar ekan, jon berganlardan tashqari kamida 20 kishi tan jarohati oldi.  

Muxolafat manbaalariga ko'ra  Asad rejimi bilan Rossiya Idlibning tuman va qishloqlariga og’ir hujum uyushtirgan.

Idlibning harbiy bo’lmagan mudofaa (oq kaskaliklar) manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra hujumda tinch aholidan 9 kishi jon berar ekan, jon berganlardan tashqari kamida 20 kishi tan jarohati olgan.

Suriyaning shimoli-g’arbida Idlib viloyati deyarli ichki urush boshlagan 2011-yildan beri muxolafatning qal’asiga aylangan vaziyatda desak mubolag’a bo’lmaydi. Ichki migratsiya orqali aholi soni 4 millionga yetgan Idlib markazi, 2015-yilning mart oyida muxolafatning nazorati ostiga o’tdi. Idlib, shuning uchun ham rejim kuchlari tomonidan eng ko’p nishonga olingan hududlardan biridir.

Suriya inson huquqlari tarmog'i tarqatgan ma’lumotga ko’ra mamlakatda Asad rejimi kuchlari va Rossiya shu yilning 26-aprelidan 19-avgustigacha Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududini nishonga olgan hujumlarda kamida tinch aholidan 843 kishining umriga zomin bo’lgan.  

Turkiya va Rossiya o’rtasida 2018-yilning 17-sentabri kuni qo’l qo’yilgan Idlib kelishuvidan beri hududda tinch aholidan 945 992 kishi o’z uy-joyszi qolgan.



Aloqador xabarlar