BAA Hindiston bosh vaziri Narendra Modini “Zayid nishoni” bilan taqdirladi

“Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashtirishga qo’shgan hissasi tufayli “Zayid nishoni” bilan taqdirlandi”,-deb yozdi Zayid Al Nahyan tvitterdagi sahifasida.

1258020
BAA Hindiston bosh vaziri Narendra Modini “Zayid nishoni” bilan taqdirladi

 

BAA Jammu va Kashmir shtatining o’ziga xos maqomini bekor qilgan holda, millionlab musulmonni hibsga olgan Hindistonni mukofot bilan taqdirladi.

BAA hukumati Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga BAAning eng nufuzli davlat nishoni bo’lgan “Zayid nishoni”ni topshirdi.

Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayh Muhammad bin Zayid Al Nahyan bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashtirishga qo’shgan hissasi tufayli “Zayid nishoni” bilan taqdirlandi”,-deb yozdi Zayid Al Nahyan tvitterdagi sahifasida.

Eslatma: Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayh Muhammad bin Zayid Al Nahyan kecha Hindiston bosh vaziri Narendra Modini qabul qilgandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Narendra Modi , #Zayid nishoni , #Hindiston , #BAA

Aloqador xabarlar