Iroqda DEASh jangarilari “Hashdi Shabi” turkman kuchi askarlariga hujum qildi

Karkuk politsiya boshqarmasining matbuot xizmatidan mas’ul Afrosiyob Komil ma’lum qilishicha, hujumdan so’ng jangarilar qishloqqa bostirib kirishga harakat qilishgan, biroq Iroq federal politsiya kuchi tomonidan bostirilgan.

1257963
Iroqda DEASh jangarilari “Hashdi Shabi” turkman kuchi askarlariga hujum qildi

 

Iroqning Karkuk shahriga qarashli Dakuk tumanida DEASh jangarilari futbol stadioniga hujum qildi.

Hujumda 5 kishi halok bo’ldi, 6 kishi jarohatlandi.

Karkuk politsiya boshqarmasining matbuot xizmatidan mas’ul Afrosiyob Komil ma’lum qilishicha, ushbu hujum Dakuk tumaniga qarashli “Imom Zaynal Abidin” qishlog’idagi futbol stadionida bo’lgan “Hashdi Shabi” turkman kuchi askarlariga nisbatan sodir etilgan.

Ta’kidlanishicha, hujumdan so’ng DEASh jangarilari qishloqqa bostirib kirishga harakat qilishgan, biroq hududda xizmat qilgan Iroq federal politsiya kuchi tomonidan bostirilgan.


Tanlangan kalimalar: #Karkuk , #hujum , #DEASh , #Iroq

Aloqador xabarlar