Iroqdagi bozorlardan biriga qarshi bomba yuklangan mototsikl orqali hujum uyushtirildi

Iroqning Bobil viloyatiga qarashli Musayib tumanida joylashgan bozorlardan biriga qarshi bomba yuklangan mototsikl orqali hujum uyushtirildi.

1257665
Iroqdagi bozorlardan biriga qarshi bomba yuklangan mototsikl orqali hujum uyushtirildi

Iroqning Bobil viloyatidagi bozorlardan biriga qarshi uyushtirilgan bombali hujumda ilk aniqlashlarga ko’ra tinch aholidan o’nlab kishi tan jarohati oldi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotga ko’ra Babilning Musayib tumanida joylashgan bozorlardan biriga qarshi bomba yuklangan mototsikl orqali hujum uyushtirilgan.

Hujum ortidan tinch aholidan o’nlab kishi kasalxonaga yotqizilar ekan, tan jarohati olganlar sonini aniqlash imkoni bo’lmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan tasvirlarda ham portlashning oqibatida bozorga katta ziyon yetkazilganligi kuzatilgan.

Iroqlik rasmiylardan esa hali hanuz voqea haqida hech qanday bayonot berilmagan.



Aloqador xabarlar