Kobulda qizlar litseyi “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan yoqib yuborildi

Afg’oniston ta’lim vazirligi xodimi Nuriya Nuzhat ta’kidlashicha, litseyda 700 nafar o’quvchi tahsil olayotgan edi. Voqea tufayli o’quvchilarga dam berildi.

1255866
Kobulda qizlar litseyi “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan yoqib yuborildi

 

Afg’oniston poytaxti Kobulda qiz bolalar tahsil oladigan litsey “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan yoqib yuborildi.

Ichki ishlar vazirligi kotibi Nasrat Rahimiy ma’lum qilishicha, “Tolibon” jangarilari Kobulning Shakardara tumanida joylashgan “Buye Zar” nomidagi qizlar litseyiga o’t qo’yib yuborgan.

Maktab binosi butunlay vayron bo’lgan.

Afg’oniston ta’lim vazirligi xodimi Nuriya Nuzhat ta’kidlashicha, litseyda 700 nafar o’quvchi tahsil olayotgan edi. Voqea tufayli o’quvchilarga dam berildi.

Bundan avval ham Afg’onistonda terror guruhlari tomonidan qizlar tahsil oladigan maktablarga o’t qo’yish, yoki portlatish kabi holatlar sodir etilgandi.

“Tolibon” harakati esa, bu voqeaga aloqasi yo’qligini ma’lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Kobul , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar