Iroq prezidenti Barxom Solih AQSh bilan Eronni keskinlikni to’xtatishga chaqirdi

Barxom Solih prezidentlik saroyida Eronning Iroqdagi favqulodda va muhtor elchisi Irek Masjidiy, ortidan AQSh elchisi Matthev Tueller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

1254509
Iroq prezidenti Barxom Solih AQSh bilan Eronni keskinlikni to’xtatishga chaqirdi

 

 

Iroq prezidenti Barxom Solih AQSh bilan Eronni keskinlikni to’xtatishga chaqirdi.

Iroq prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Barxom Solih prezidentlik saroyida Eronning Iroqdagi favqulodda va muhtor elchisi Irek Masjidiy, ortidan AQSh elchisi Matthev Tueller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident Barxom Solih bilan Eron elchisi Masjidiy o’rtasida bo’lib o’tgan suhbat chog’ida, Iroq va Eron munosabatlari, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni har sohada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Mintaqadagi siyosiy vaziyat muhokama qilingan uchrashuvda, keskinlikni to’xtatish kerakligi ta’kidlandi.

Iroq prezidenti Barxom Solih bilan AQSh elchisi Matthev Tueller o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda esa, Iroq va AQSh o’rtasidagi munosabatlarni har sohada rivojlantirish xususida fikr almashildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matthew Tueller , #AQSh , #Eron , #Barxom Solih , #Iroq

Aloqador xabarlar