Grande, Yamandagi tinch aholiga qarshi uyushtirilgan shiddatga e'tibor qaratdi

Grande, Yamandagi oxirgi vaziyatga e'tibor qaratar ekan yamanliklar haqida, “Yaman xalqining bu azobni tortishi shart emas. Oilalar Qurbon hayitini yaqinlari bilan nishonlashi kerak ekan ularning jasadlarini qabul qilib olishi alam qiladi insonga” dedi.

1252356
Grande, Yamandagi tinch aholiga qarshi uyushtirilgan shiddatga e'tibor qaratdi

Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi arab koalitsiyasi tomonidan Hajja viloyatida haftaning dushanba kuni ularning 6 nafari yosh bola bo’lish bilan birga 12 kishining umriga zomin bo’lgan havo hujumi ortidan BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasining Twitter hisobi orqali berilgan bayonotda, Yamanda to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita yo’llar bilan 320 ming kishining jon berganligi ma’lum qilindi.

Yamandagi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi rahbari Lise Grande, Yamandagi tinch aholiga qarshi uyushtirilgan shiddatning avj olganligini, buning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini ta’kidladi.

Bu fojianing mutlaqo to’xtatilishi kerakligini eslatib o’tgan Grande,

“Yaman xalqining bu azobni tortishi shart emas. Oilalar Qurbon hayitini yaqinlari bilan nishonlashi kerak ekan ularning jasadlarini qabul qilib olishi alam qiladi insonga” degan ifodalarga o’rin berdi.

Anchadan beri siyosiy barqarorsizlik hukm surgan Yamanda husiylar bilan hukumatga qarashli kuchlar o’rtasida to’qnashuvlar yuz bermoqda.

Husiylar 2014-yilning sentabr oyidan beri poytaxt Sana va uning ba’zi hududlarining nazoratini o’z qo’liga olar ekan Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi koalitsiya kuchlari esa 2015-yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi Yaman hukumatini qo’llab-quvvatlamoqda.  

Yamanda qariyb 5 yildan beri davom etgan to’qnashuvda minglab kishi jon berdi. Dunyoning kambag'al mamlakatlari ro’yhatida o’rin olgan Yamanda ichki urush tufayli avj olgan gumanitar inqiroz ham dahshatli nurtaga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #Lise Grande , #Yaman xalqi , #Yaman

Aloqador xabarlar