Peskov, Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan konstitutsiya qo’mitasi masalasiga to’xtaldi

Dmitriy Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga Suriya muammosi haqida bayonot berdi.

1252189
Peskov, Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan konstitutsiya qo’mitasi masalasiga to’xtaldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan konstitutsiya qo’mitasi masalasi ustidan olib borilgan faoliyatlarning yaqinda tamomlanishini qayd etdi.

Dmitriy Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga Suriya muammosi haqida bayonot berdi.

Suriyada tashkil etilishi rejalashtirilgan konstitutsiya qo’mitasi masalasi haqida Peskov,

“Faoliyatlar tamomlanay deb qoldi. Qo’mitaning tashkil etilishi uchun oxirgi qadamlarni tashlash arafasidamiz” dedi.

Peskov shuningdek, Turkiya-Rossiya-Eron o’rtasida o’tkaziladigan sammitining Turkiyada uyushtirilishi uchun tayyorgarliklarning davom etayotganligini ham o’z so’zida ilova etdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Ukrainaning sharqidagi muammoning hal qilinishi masalasida muloqatga ochiq ekanligiga ham e’tibor qaratgan Peskov,

“Ikkala davlat rahbarlarining uchrashuvlari ijobiy tusda deb baholanishi mumkin. Putin uchun uchrashuvlar chog’ida kelishib olingan masalalarning amalga oshirilishi muhimdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar