Yaman janubida saudiyalik 2 askar halok bo’ldi

Askarlarning qachon va qanday o’ldirilganligi haqida ma’lumot berilmadi.

1244206
Yaman janubida saudiyalik 2 askar halok bo’ldi

 

 

Saudiya Arabistoni Yaman janubida 2 askari halok bo’lganligini ma’lum qildi.

Bu haqda SPA rasmiy xabar agentligi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Yaman janubida 2 nafar saudiyalik askar o’ldirilgan.

Askarlarning qachon va qanday o’ldirilganligi haqida ma’lumot berilmadi.

Saudiya Arabistoni juma kuni ham 2 askari o’ldirilganligini ma’lum qilgandi.

Eslatish joizki, uzoq yillardan buyon siyosiy barqarorsizlik hukm surib kelayotgan Yamanda Eron tomonidan qo’llab quvvatlangan Husiylar bilan hukumat kuchlari o’rtasida to’qnashuv ketmoqda.

Husiylar 2014 yil sentyabr oyidan buyon poytaxt Sana va boshqa ba’zi hududlarning nazoratini qo’lga olgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yil mart oyidan e’tiboran Husiylarga qarshi kurashda Yaman hukumatiga yordam bermoqda.


Tanlangan kalimalar: #Husiylar , #askar , #Yaman , #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar