BMT Yamanda joriy yil 274 mingdan ziyod kishi o'z uylarini tark etishga majbur bo'ldi deb bildirdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Bo'yicha Oliy Komissari(BmKoKb) yil boshidan beri Yamanda 274 mingdan ziyod kishi  uylarini tark etishga majbur bo'lganini e'lon qildi

1237068
BMT Yamanda  joriy yil 274 mingdan ziyod kishi  o'z uylarini tark etishga majbur bo'ldi deb bildirdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar Bo'yicha Oliy Komissari(BmKoKb) yil boshidan beri Yamanda 274 mingdan ziyod kishi  uylarini tark etishga majbur bo'lganini e'lon qildi.

Qochqinlarning Yamandagi ofisining rasmiy Twitter  sahifasida,  to’qnashgan  tomonlarni tinch aholini va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilishga chaqirdi.

Bayonotda aytilishicha, davom etayotgan to'qnashuvlar natijasida 7 oy ichida 274 mingdan ortiq odam o'z joylarini tashlab, boshqa hududlarga ko'chib ketgan.

Xabarda shuningdek, o'tgan haftada o'ldirilgan yoki yaralanganlarning soni 75 tani tashkil etgani qayd etildi.

Siyosiy beqarorsizlik  uzoq vaqtdir  hukmron bo’lgan Yamanda Houthiylar va hukumat kuchlari o'rtasida to'qnashuvlar davom etib kelmoqda.

Saudiya hukumati boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yil mart oyidan buyon Yamanni Houthiylar  qarshi  himoya  qilmoqda.

Ochlik, vabo, to'qnashuvlar va havo hujumlari oqibatida tinch fuqarolar zarar ko’rmoqda  ko'plab oilalar mamlakatning boshqa hududlariga ko'chib ketish majburiyatida qoldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Qochqin , #Yaman

Aloqador xabarlar