Avstriya poytaxti Venada Srebrenitsa qatliomiga norozichilik bildirildi

Avstriya poytaxti Venada Srebrenitsa qatliomi qurbonlarining aziz xotirasi yodga olinib, qatliomga norozichilik bildirildi.

1235556
Avstriya poytaxti Venada Srebrenitsa qatliomiga norozichilik bildirildi

Avstriya poytaxti Venada Srebrenitsa qatliomi qurbonlarining aziz xotirasi yodga olinib, qatliomga norozichilik bildirildi.  

Poytaxtning muhim ko’chalaridan biri hisoblangan Mariahilferda ko’pchiligi bosniyak va turklardan iborat bo’lgan bir guruh, Bosniya va Gertsegovina bayroqlari bilan qatliomda yuz bergan voqealar aks ettirilgan fotosuratlarni ko’tarib, Hofburg saroyini ham o’z ichiga olgan Qahramonlar maydonigacha yurib bordi.

Maydondagi sahnada so’z olganlar mazkur norozichilik namoyishining Srebrenitsada vahshiyona yo’llar bilan qatl qilingan musulmonlarning unutilmasligi, tili, dini va madaniyati farqli bo’lgani uchun bundan buyon bunday qatliomlarning yuz bermasligi uchun uyushtirilganligini ifoda etdi.  

Bosniya va Gertsegovinaning Vena elchisi Kemal Kozarich, 1995-yilning 11-iyuli kuni Bosniya va Gertsegovina tarixining eng dahshatli kunlaridan biri ekanligini eslatib o’tgan holda, qariyb 8 ming 372 nafar tinch aholining, faqatgina musulmon bo’lgani uchun qatl qilinganligini ta’kidladi.

Kozarich, qatliom jinoyatchilarining Niderlandiyaning Den Haag shahrida o’rin olgan sobiq Yugoslaviya Xalqaro jinoyat sudida sudga tortilib, hukm qilinishiga qaramay Serbiya tomonining Srebrenitsa qatliomini qabul qilmaganligiga e’tibor qaratdi.

Niderlanidyalik askarlar nazoratidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik kuchi askarlari himoyasi ostida o’rin olgan va “xavfsiz hudud” deb nomlangan Srebrenitsada minglab insonning hammaning ko’zi oldida qatl qilinganligini qayd etgan Kozarich, “Yevropaning qoq markazida yuz bergan bu qatliomni unuttirmaslik uchun bunday namoyishlar uyushtirishimiz kerak. Chunki buning takrorlanishini aslo xohlamaymiz” deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar