Rossiya Eronni qo'llab-quvvatlar ekan Yevropa davlatlarini tanqid qildi

Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra Lavrentiev poytaxt Tehronda, Eron Milliy xavfsizlik Oliy kengashi Bosh kotibi Ali Shamhoniy bilan uchrashgan.

1233235
Rossiya Eronni qo'llab-quvvatlar ekan Yevropa davlatlarini tanqid qildi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning maxsus vakili Alexander Lavrentievning qayd etishicha yadroviy kelishuvdagi Yevropa davlatlari o’z javobgarchiliklarini bajarmay turib Eron bilan tuzilgan shartnomaning bir tomonli davom ettirilishini talab qilolmaydi.

Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra Lavrentiev poytaxt Tehronda, Eron Milliy xavfsizlik Oliy kengashi Bosh kotibi Ali Shamhoniy bilan uchrashgan.

G’arbiy Quddusda shu yilning 25-iyuni kuni Amerika Qo’shma Shtatlari, Rossiya va Isroil o’rtasida xavfsizlik masalasi bo’yicha uyushtirilgan sammit haqida Eronga ma’lumot berish uchun Tehronda bo’lganligi eslatib o’tilgan Lavrentievning sammitda, Rossiyaning Eron bilan strategik sherik ekanligini amerika va isroillik rasmiylarga ochiq-oydin yetkazganligi aytildi.

AQSh tomonidan Eronga nisbatan yo’lga qo’yilayotgan qattiq pozitsiyadagi siyosatiga qarshi chiqqan Lavrentiev,

“Eronning o’rni va manfaatlari nazarda tutilmagan holda mintaqada doimiy tinchlikning ta’minlanishi imkonsiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Lavrentiev, AQShning kelishuvdan bosh tortishi bilan oqibati noma’lum tus olgan yadroviy kelishuv masalasida esa quyidagilarni qayd etdi:

“Boshqa davlatlar o’z javobgarchiliklarini bajarmas ekan Tehron ham ko’zlagan maqsadiga erisholmaydi. Shunday ekan yadroviy kelishuvni bir tomonli olaroq yo’lga qo’yishini kutolmaymiz”

Eron Milliy xavfsizlik Oliy kengashi Bosh kotibi Ali Shamhoniy esa AQShning Yaqin Sharqda yana-da ko’proq qurol sota olishi uchun, hududdagi barqarorsizlikni orttirishga harakat qilayotganligini ifoda etgan holda,

“Eron hududdagi barqarorsizlikning oldini olish uchun siyosiy va mudofaa masalasida chora tadbir ko’rishni, buning uchun ham manfaat va xavfsizlik qarorlarini himoya qilishni davom ettiradi” dedi.

Eron bilan Rossiya o’rtasidagi munosabatlarni “strategik mohiyatda” deb baholagan Shamhoniy Rossiyaning yadroviy kelishuv, Eron havo sohasini paymol qilgan AQShga oid uchuvchisiz havo vositasinining qulatilishi, Eronning Suriyadagi o’rni va Britaniyaning Eron neftini tashigan neft tankeriga qarshi dengiz qaroqchiligiga o’xshash masalalarga bo’lgan munosabatini qo’llab-quvvatlaganliklarini o’z so’ziga ilova etdi.  

 



Aloqador xabarlar