Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronni tahdid qildi

“Isroilning qo’lidagi F-35 harbiy samolyotlari Eron va Suriya bilan bir qatorda, butun Yaqin sharqni vayron qiladigan kuchga ega”,-deb aytgan Isroil bosh vaziri.

1233391
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronni tahdid qildi

 

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat janubida joylashgan “Nevatim” havo-harbiy bazasiga tashrifi chog’ida Eronni tahdid qildi.

“Isroilning qo’lidagi F-35 harbiy samolyotlari Eron va Suriya bilan bir qatorda, butun Yaqin sharqni vayron qiladigan kuchga ega”,-deb aytgan Isroil bosh vaziri.

Netanyahu bu so’zlarni “Nevatim” havo-harbiy bazasida tekshiruv o’tkazayotgan paytda, F-35 harbiy samolyotlarining yonida turib tilga olgan.

“Eron oxirgi paytlarda Isroilni yo’q qilish bilan tahdid qilmoqda. Bu samolyotlarning Eron va Suriya bilan bir qatorda, butun Yaqin sharq mintaqasiga bemalol yetib borishini eslasinlar”,-deb aytgan Isroil bosh vaziri.

Tehronni vaqti-vaqti bilan yadroviy qurol ishlab chiqarishni ko’zlaganlikda ayblagan Netanyahu Isroilning yakka bir o’zi qolsa ham Eronning yadroviy qurolga ega bo’lishiga aslo yo’l qo’ymasligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #F-35 , #tahdid , #Binyamin Netanyahu , #Eron , #Isroil

Aloqador xabarlar