Shimoliy koreyalik 546 fuqaro Janubiy Koreyadan boshpana talab qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 2011 yilda hukumat tepasiga kelishi bilan yiligiga qariyb 1000 yoki 1500 atrofida fuqaro Janubiy Koreyadan boshpana talab qiladi.

1228897
Shimoliy koreyalik 546 fuqaro Janubiy Koreyadan boshpana talab qildi

 

Shu yilning dastlabki 6 oyida shimoliy koreyalik 546 fuqaro Janubiy Koreyadan boshpana talab qildi.

Bu haqda Yonhap xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Janubiy Koreya birlashuv vazirligi yanvar-iyun oylari mobaynida mamlakatga sig’ingan shimoliy koreyaliklar soni 546 nafarni tashkil qilganligini ma’lum qilgan.

Bu raqam avvalgi yilning ayni davrida 487 nafarni tashkil qilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 2011 yilda hukumat tepasiga kelishi bilan yiligiga qariyb 1000 yoki 1500 atrofida fuqaro Janubiy Koreyadan boshpana talab qiladi.

Shu sababli Janubiy Koreyada boshpana talab qilgan shimoliy koreyaliklarga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan yordamlarni oshirish rejalanmoqda.

Janubiy Koreyada hozirda 32 mingdan ortiq shimoliy koreyalik qochqin yashab kelmoqda.

Janubiy Koreya birlashuv vazirligi ma’lum qilishicha, o’tgan yili yanvar-noyabr oylarida mingdan ortiq shimoliy koreyalik Janubiy Koreya hukumatidan boshpana talab qilgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #boshpana , #Janubiy Koreya , #Shimoliy Koreya

Aloqador xabarlar