"Rosatom" davlat korporatsiyasi Ar-Riyodda o’z filialini ochmoqchi...

Rossiya Saudiya Arabistoni bilan atom energiyadan tinchliksevar maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlikni rivojlantiradi.

1216177
"Rosatom" davlat korporatsiyasi Ar-Riyodda o’z filialini ochmoqchi...

 

 

Rossiyaning "Rosatom" atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o’z filialini ochmoqchi.

Maqsad Saudiya Arabistonidagi atom energiya loyihalarida ishtirok etishdir.

Bu haqda "Rosatom" davlat korporatsiyasi rahbariyati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Moskvada Rossiya bilan Saudiya Arabistoni o’rtasida iqtisodiy munosabatlarga bag’ishlangan hukumatlararo yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda ishtirok etgan Rossiya energiya vaziri Aleksandr Novakning ta’kidlashicha, Rossiya Saudiya Arabistoni bilan atom energiyadan tinchliksevar maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlikni rivojlantiradi. "Rosatom" davlat korporatsiyasi shu maqsad bilan Ar-Riyodda o’z filialini ochishga qaror berdi.

Saudiya Arabistoni energiya, sanoat va tabiiy manbalar vaziri Xolid al-Falih hukumatlararo yig’ilishdan so’ng matbuotga bergan brifingda ma’lum qilishicha, "Rosatom" davlat korporatsiyasi Saudiya Arabistonida insho etiladigan dastlabki atom energiya muassasasini qurish bo’yicha tenderda ishtirok etishga taklif qilinadi.

Dunyoning eng yirik atom texnologiyalari kompaniyalaridan biri bo’lgan "Rosatom" davlat korporatsiyasi dunyoda jami 42 ta atom reaktorini qurish bo’yicha loyihada ishtirok etgan. Turkiyadagi Akkuyu atom elektr stansiyasi ham shular jumlasidandir.



Aloqador xabarlar