AQSh va Britaniya Londonda ikkala mamlakat o'rtasidagi ittifoqni nishonladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga bo’lgan tashrifi doirasida qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashdi.

1213622
AQSh va Britaniya Londonda ikkala mamlakat o'rtasidagi ittifoqni nishonladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaga bo’lgan tashrifi doirasida qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashdi.

Davlat rahbarlarining tashrifi chog’ida ot aravachasi orqali uyushtirlgan rasmiy marosim, xavfsizlik tashvishlari tufayli bekor qilinar ekan Trump, Bukinghem saroyiga vertolyot orqali yetib bordi.

AQSh prezidenti va uning rafiqasi Melaniya Trumpni Bukinghem saroyida qirolicha Yelizaveta II, valiahd Charlz hamda uning rafiqasi Kamilla kutib olishdi.

Qirolicha Yelizaveta II ning Trumpning vertolyot qongan maydonga bormasligi e’tiborlarni o’ziga qaratar ekan, ular uchrashganidan keyin AQSh Prezidenti marosim ishtirokchilarini ko’zdan kechirdi.

Zambaraklardan 41 marotaba to’p otilgan kutib olish marosimi, tushlik bilan davom etdi.

Tushlik ortidan Trump, Vestminster abbatligiga gulchambar qo’ydi.

AQSh prezidenti Donald Trampning Londonga bo’lgan tashrifi valiahd Charlz hamda uning rafiqasi Kamilla tomonidan berilgan choy ziyofati bilan davom etdi.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, AQSh prezidenti Donald Trampning hurmatiga Bukinghem saroyida kechki ovqat ziyofati ham berdi.

Unda AQSh prezidenti va uning rafiqasi Melaniya Trump bilan birga Trumpning 4 farandi va ularning turmush o’rtoqlari ham ishtirok etdi.

Qirolicha so’zlagan nutqida,

“Mushtarak qadriyatlarimiz va manfaatlarimiz bizni birlashtirishni davom etishidan ishonchim komil” dedi.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning mustahkamlantirilishining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II,

“Bugun, on yillardan beri xalqlarimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlashga yordam bergan va uzoq yillar davom etishiga men ishonch hosil qilgan ittifoqni nishonlamoqdamiz” deya gapirdi.

Trump ham, “mushtarak g’alaba nishonlanar ekan, ikkala xalqning birligini kelajakda ham davom ettiradigan mushtarak qadriyatlarni ham ta’kidlaganliklarini” belgilab o’tgan holda mazkur qadriyatlarni, “erkinlik, mustaqillik, o’z taqdirini tayin qilish, huquq ustivorligi va Ulug’ Tangri bergan haq-huquqlarni hurmat qilish” deb izohladi.  

Qirolicha II ning Ikkinchi Jahon urushiga qo’shgan hissalarini nazarda tutgan Trump,

“U yoshgina usta, kelajakning qirolichasi, muazzam bir ayol edi” dedi.

Undan tashqari Trump, kechki ovqat ziyofati oldidan ijtimoiy tarmoq orqali,

“Londonga bo’lgan tashrifim judayam yaxshi o’tmoqda. Qirolicha va barcha qirol oilasi ajoyib edi. Buyuk Britaniya bilan bo’lgan munosabat mustahkam” degan post qoldirdi.

Mazkur postida Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqish jarayoniga ham to’xtalgan AQSh Prezidenti Trump,

“Buyuk Britaniya kishanlaridan qutilganida, yirik savdo shartnomasi tuzilishi ham mumkin. Bu haqida hozirdan boshlap gaplasha boshladik” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 

 



Aloqador xabarlar