Iroqda sodir bo’lgan portlashda 5 kishi halok bo’ldi

“Iroqning Mo’sul viloyati Robiya tumanidagi Uveyna qishlog’ida bomba joylashtirilgan mashina uzoqdan pult vositasida portlatilgan. Portlashda 5 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 8 kishi yaralandi”,-deyiladi bayonotda.

1208710
Iroqda sodir bo’lgan portlashda 5 kishi halok bo’ldi

 

Iroqda sodir bo’lgan portlashda 5 kishi halok bo’ldi.

Bu haqda Iroq mudofaa vazirligi yozma bayonot berdi.

“Iroqning Mo’sul viloyati Robiya tumanidagi Uveyna qishlog’ida bomba joylashtirilgan mashina uzoqdan pult vositasida portlatilgan. Portlashda 5 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 8 kishi yaralandi”,-deyiladi bayonotda.

Hozircha portlash uchun javobgarlikni biron terror guruhi zimmasiga olmagan. Tekshiruv davom etmoqda.

Iroqning tog’liq hududlarida sodir etilgan bu kabi portlashlarda terror tashkiloti DEAShning qo’li borligi taxmin qilinmoqda.

Chunki, ohirgi paytlarda DEASh jangarilari Iroqning Karkuk, Mo’sul, Anbar, Salahaddin va Diyala viloyatlarida xavfsizlik kuchlariga nisbatan hujumlarni avj oldirgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #portlash , #Mo'sul , #DEASh

Aloqador xabarlar