Afg’onistonda Tolibonga qarshi operatsiyada yanglishlik bilan 5 nafar tinch aholi vakili o’ldirilgan

Afg’oniston sharqidagi Nangarxor viloyatiga qarashli Sherzod tumanida “Tolibon” harakatiga qarshi operatsiya o’tkazildi.

1208318

Operatsiyada “Tolibon” ob’yektlariga berilgan aviazarbalarda yanglishlik bilan 5 nafar tinch aholi vakili o’ldirildi.

Bu haqda Nangarxor viloyati hokimligi vakili Oyatulloh Xogyani ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mahalliy xavfsizlik kuchlari Sherzod tumaniga qarashli Tatu qishlog’ida “Tolibon”ga aviazarba bergan.

Operatsiya jarayonida yanglishlik bilan tinch aholi vakillari nishonga olingan. Aviazarbalarda 5 kishi halok bo’lgan. Bular orasida yosh bolalar ham bor.

Operatsiyada 10 nafar “Tolibon” jangarisi yo’q qilingan.

Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon harakati , #operatsiya

Aloqador xabarlar