Iroqning Salahaddin viloyatida DEAShga a’zo 11 jangari o’ldirildi

Ma’lumotga ko’ra, DEAShga qarshi operatsiya doirasida 11 jangari yo’q qilindi. Shu bilan birga, operatsiyada bomba joylashtirilgan ikki nafar transport va 13 ta xudkush bombachi qurilmasi bartaraf etildi.

1205430
Iroqning Salahaddin viloyatida DEAShga a’zo 11 jangari o’ldirildi

 

Iroqning Salahaddin viloyatida terror tashkiloti DEAShga a’zo 11 jangari o’ldirildi.

Bu haqda Iroq mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, DEAShga qarshi operatsiya doirasida 11 jangari yo’q qilindi. Shu bilan birga, operatsiyada bomba joylashtirilgan ikki nafar transport va 13 ta xudkush bombachi qurilmasi bartaraf etildi.

Iroq mudofaa vazirligi bayonotiga ko’ra, hududda olib borilgan harbiy operatsiya mintaqada aholi tinchligini saqlash, xavfsizlik va barqarorlik o’rnatish maqsadida tashkil etilgan.

Eslatish joizki, terror tashkiloti DEASh 2014 yili Mo’sul viloyati bilan bir qatorda Iroqning taxminan uchdan bir qismida nazoratni qo’lga olgan edi.

AQSh tomonidan qo’llab quvvatlangan Iroq qo’shini 2017 yili mamlakatda terror tashkilotini qisman bartaraf etgan holda ko’plab hududlarning nazoratini qayta qo’lga kiritgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #DEASh , #operatsiya

Aloqador xabarlar