Falastinning Xamas harakati bilan Isroil o’rtasida sulh tuzildi

Vaqtinchalik yarashuv sulhiga ko’ra, falastinliklar G‘azo sektori va Isroil chegarasidagi tartibsizliklarni to‘xtatishga va chegara bo‘ylab 300 metrlik zonaga rioya qilishga va'da berishgan.

1205218
Falastinning Xamas harakati bilan Isroil o’rtasida sulh tuzildi

 

G‘azo sektorini nazorat qiluvchi Falastinning Xamas harakati bilan Isroil o’rtasida sulh tuzilganligi ilgari surildi.

Isroildagi Kanal-12 telekanalining xabariga ko’ra, BMT va Misr vositachiligida Xamas harakati bilan Isroil o’rtasida 6 oy muddatga yarashuv sulhi tuzildi.

Vaqtinchalik yarashuv sulhiga ko’ra, falastinliklar G‘azo sektori va Isroil chegarasidagi tartibsizliklarni to‘xtatishga va chegara bo‘ylab 300 metrlik zonaga rioya qilishga va'da berishgan. 

Isroil esa bunga javoban G‘azo sektorida falastinlik baliqchilar uchun baliq ovlash hududini 15 milgacha kengaytiradi va sektorga dori-darmon olib kirilishiga ruxsat beradi.

Biroq, Xamas harakati bilan Isroil hukumati ushbu yarashuv sulhiga doir biron rasmiy bayonot bermadi.

Eslatma: Isroil 2006 yildan buyon taxminan 2 mln falastinlik yashaydigan G’azo sektorini quruqlikdan, havodan va dengizdan qamal ostida ushlab turibdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil , #sulh tuzildi , #Xamas

Aloqador xabarlar