Dubayda qulagan uchoqda 4 kishi jon berdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil motorli uchoqning qulashi oqibatida 4 kishi jon berdi.

1203302
Dubayda qulagan uchoqda 4 kishi jon berdi

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yengil motorli uchoqning qulashi oqibatida 4 kishi jon berdi. Jon berganlardan 3 nafari britaniyalik, 1 nafarining esa janubiy afrikalik ekanligi aniqlandi.

BAAning WAM rasmiy axborot agentligida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra ichida 4 kishi bo’lgan va Angliyada ro’yhatga olingan Diamond DA42 rusumidagi uchoq, Dubay xalqaro aeroportida qulagan.

Uchoqda 3 nafari britaniyalik, 1 nafari janubiy afrikalik jami 4 kishining jon berganligi aniqlanar ekan, aeroportda uchishlarning qisqa vaqtgacha kechiktirilganligi, ko’p o’tmay takror yo’lga qo’yilganligi qayd etildi.  

Dubay hukumati Media ofisida berilgan bayonotda esa, uchoqning texnik muammolar tufayli qulagan bo’lishi mumkinligi ifoda etildi.   



Aloqador xabarlar