Shri Lanka hukumati mamlakatda ijtimoiy tarmoqlarni bloklashga qaror qildi

Shri Lanka hukumati matbuot xizmati ma’lum qilishicha, kecha mamlakat g’arbidagi Chilau shahrida bir guruh yoshlar Facebookda yuz bergan bahsdan keyin masjidlar va musulmonlarga tegishli do‘konlarni toshbo‘ron qilishgan.

1199991
Shri Lanka hukumati mamlakatda ijtimoiy tarmoqlarni bloklashga qaror qildi

 

Shri Lanka hukumati mamlakatda 21 aprelda sodir etilgan teraktlardan keyin musulmonlarga nisbatan zo’ravonliklar avj olayotgani sababli ijtimoiy tarmoqlarni, jumladan Facebook va WhatsAppni vaqtinchalik bloklashga qaror qildi.

Shri Lanka hukumati matbuot xizmati ma’lum qilishicha, kecha mamlakat g’arbidagi Chilau shahrida bir guruh yoshlar Facebookda yuz bergan bahsdan keyin masjidlar va musulmonlarga tegishli do‘konlarni toshbo‘ron qilishgan. 

Mamlakatda bu kabi zo’ravonliklar avj olayotganligi sababli internetdagi ijtimoiy tarmoqlarni bloklashga qaror berilgan.

Ta’kidlanishicha, mamlakatning Bingiriya, Dummalasoriya va Kuliyapitiya shaharlarida kecha e’lon qilingan komendantlik soati bugun bekor qilingan.

Eslatish joizki, shu yilning 21 aprel kuni Shri Lankada katolik cherkovlarida Pasxa bayrami nishonlanishi vaqtida mamlakat tarixidagi eng yirik teraktlar sodir etildi.

Mamlakat poytaxti Kolombo, Negombo va Battikaloa shaharlaridagi katolik cherkovlar va mehmonxonalarda 8 ta portlash sodir etildi.

Teraktlar oqibatida 253 kishi halok bo‘lgan edi. Mamlakatda motam e’lon qilingan edi.

 

 



Aloqador xabarlar