Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson lavozimdan chetlatildi

Buyuk Britaniya bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bosh vazir Tereza Mey mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonni ishonchni yo‘qotgani sababli iste'foga jo‘natishga qaror qilgan.

1193750
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson lavozimdan chetlatildi

 

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson iste'foga chiqarildi.

Ta'kidlanishicha, Uilyamson milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Xitoyning Huawei kompaniyasiga oid mahfiy ma'lumotlarning matbutga sizib chiqishidan keyin o‘z lavozimidan chetlatilgan.

Buyuk Britaniya bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bosh vazir Tereza Mey mudofaa vaziri Gevin Uilyamsonni ishonchni yo‘qotgani sababli iste'foga jo‘natishga qaror qilgan.

“Ming afsus bilan shuni aytmoqchimanki, men mudofaa vaziri va vazirlar mahkamasi a'zosi sifatida bundan buyon sizga boshqa to‘liq ishona olmasligimga qanoat hosil qildim. Sizdan lavozimni tark etishingizni so‘rayman”,-deb maktub yozgan Tereza Mey.

Bosh vazir Tereza Mey shu kuniyoq mudofaa vaziri lavozimiga xalqaro rivojlanish bo‘yicha vazir lavozimini egallagan Penni Mordontni tayinladi.

Eslatish joizki, o’tgan hafta ingliz matbuotida hukumatning 5G tarmog’ini kengaytirish uchun Huawei kompaniyasiga cheklangan holda ruxsat berishga tayyorlanganligiga doir iddaolar tarqalgan edi.

Bu voqeadan so’ng, hukumat va razvedka tashkilotlari xizmat ma'lumotining sizib chiqishi bilan bog’liq xabarlarning kimdan kelib chiqqanligini aniqlash maqsadida tergov yuritishga qaror bergan edi.

 

 



Aloqador xabarlar