Venesuela hukumati Xuan Guaydo boshchiligidagi harbiy isyonni bostirishga urinmoqda

Parlament rahbari Diosdado Kabello xalqni amaldagi prezident Nikolas Maduroni himoya qilish uchun prezidentlik saroyida favqulodda to’planishga chaqirdi.

1192737
Venesuela hukumati Xuan Guaydo boshchiligidagi harbiy isyonni bostirishga urinmoqda

 

Venesuela hukumati muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo boshchiligidagi bir guruh harbiylar tomonidan sodir etilgan isyonni bostirishga harakat qilganligini ma’lum qildi.

Axborot, madaniyat va turizmdan mas’ul davlat vaziri o’rinbosari Jorge Rodriguez tvitterda bu haqda shunday yozdi: “Muxoliflar bilan til biriktirgan "vatan hoini" harbiylarning isyonini bostirishga harakat qilinmoqda..."

Parlament rahbari Diosdado Kabello xalqni amaldagi prezident Nikolas Maduroni himoya qilish uchun prezidentlik saroyida favqulodda to’planishga chaqirdi.

Yanvar oyida o’zini davlat rahbari deb e’lon qilgan Xuan Guaydo Tvitterda 3 daqiqalik video e'lon qildi.

U videoda Venesuela aholisi va harbiylarni amaldagi rejimga chek qo‘yishda o‘zini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Video Karakasdagi La-Karlota aviabazasida bir guruh harbiylar bilan birga tasvirga olingan.

Tvitterda e'lon qilingan videoda Guaydoning yonida harbiy libosdagi shaxslar va muxolifatning shu vaqtga qadar uy qamog‘ida bo‘lgan yetakchisi Leopoldo Lopes turganini ko‘rish mumkin.

“Davlat qurolli kuchlari to‘g‘ri qaror qabul qilishdi, ular Venesuela xalqining qo‘llab-quvvatloviga tayanadi. Mamlakatni demokratik ravishda qayta oyoqqa turgizish uchun sizlarni harakat boshlatishga da’vat qilib qolaman. Buning vaqti yetib keldi”,-degan Guaydo.

Poytaxt Karakasda ba’zi harbiy bo’linmalarning yo’llari to’sib qo’yilgan va ba’zi yo’llarda harbiy vositalarni uchratish mumkin.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #harbiy isyon , #Xuan Guaydo

Aloqador xabarlar