Eron va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari hamkorlikda mashg‘ulot o'tkazadi

Bu haqda Eron harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Husayn Xonzodiy ma'lum qildi.

1192387
Eron va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari hamkorlikda mashg‘ulot o'tkazadi

 

Eron va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari yaqin oylarda hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Eron harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni kontr-admiral Husayn Xonzodiy ma'lum qildi.

Xonzodiy poytaxt Tehronda o’tkazilgan matbuot anjumanida, Hint okeanining davomi bo’lgan Ummon dengizida Eron va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari o’rtasida bo’lib o’tadigan mashg‘ulotlar haqida ma’lumot berdi.

“Eron va Rossiya harbiy-dengiz kuchlari o’rtasida taktik-o’quv mashg’ulotlari, texnik va jangovar harakat taktikalari bo’yicha hamkorlik davom etadi. Rossiya bilan muzokaralar natijasida olingan qarorga ko’ra, Rossiya kemalari mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun bir necha oy ichida Eron janubidagi portlarga yetib keladi va hamkorlikda harbiy mashg’ulotlar boshlanadi”,-dedi Husayn Xonzodiy.

“Xalqaro dengiz hududlari dunyodagi barcha davlatlarga tegishlidir va barcha bundan tinchliksevar maqsadlarda foydalana oladi. Mashg‘ulotlar Ormuz bo‘g‘ozi hududida o‘tkazilishi mumkin. Mazkur bo‘g‘oz orqali hududdagi neftning 30%ga yaqini olib o‘tiladi. Shu sababli, Eron dengiz kuchlari Fors ko‘rfazidan Ormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi neft yetkazmalarini qo’riqlaydi”,-deya ilova qiladi Eron harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Husayn Xonzodiy.

 

 

 



Aloqador xabarlar