BMT Xavfsizlik kengashi Sudandagi vaziyat ustidan majlis o'tkazdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Sudandagi vaziyat ustidan majlis o'tkazdi.

1182579
BMT Xavfsizlik kengashi Sudandagi vaziyat ustidan majlis o'tkazdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining aprel oyi rahbari va Germaniyaning BMT Doimiy vakili Christoph Heusgen, kengashning Sudandagi vaziyatni kuzatishni davom etishini ma’lum qildi.

BMTning Xavfsizlik kengashi Amerika Qo’shma Shtatlari bilan kengashdagi Yevropa ittifoqi tarkibidagi beshta davlat talabiga binoan yopiq majlis o’tkazdi.

Mazkur majlis ortidan Christoph Heusgen, YI tarkibidagi beshta mamlakat shu jumladan Fransiya, Britaniya, Polsha, Germaniya va Belgiya nomidan bayonot berdi.

Heusgen, BMT Xavfsizlik kengashining Sudandagi vaziyatni kuzatishni davom etishini belgilab o’tgan holda, kengashning mintaqadagi vaziyatga ko’ra dushanba kuni takror majlis o’tkazishi mumkinligini qayd etdi.

Barcha tomonni og’ir bo’lishga chaqirgan Christoph Heusgen, muammoni tinchlik yo’li bilan hal qilinishi kerakligini eslatib o’tar ekan ayni vaqtda bu vaziyat yangilik talab qilgan Sudan xalqining irodasini aks ettirishi shartligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Heusgen shuningdek,

“Sudanda ishonchli va keng ko’lamli siyosiy jarayonni ko’rishni xohlaymiz” dedi.

Quvaytning BMTning Doimiy vakili Mansour el Otaibi ham, kengashning Sudandagi vaziyatni kuzatishini lekin hozircha mavzu haqida biron nima deyolmasligini bildirdi.

Otaibi, bu vaziyatning Sudanning ichki masalasi ekanligini shuning uchun ham aralashish to’g’ri emasligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #BMTXK , #Christoph Heusgen , #Sudan

Aloqador xabarlar