Erondagi vertolyot halokati, 1 kishining umriga zomin bo'ldi

Eronda harbiy vertolyot halokatga uchrar ekan oqibati 1 kishining umriga zomin bo’ldi.

1180687
Erondagi vertolyot halokati, 1 kishining umriga zomin bo'ldi

Eronning G’arbiy Ozarbayjon viloyatining markazi hisoblangan Urumiya shahrida, harbiy vertolyot halokatga uchrar ekan oqibati 1 kishining umriga zomin bo’ldi.

Eron davlat telekanali tarqatgan ma’lumotga ko’ra Turkiya chegarasiga yaqin nuqtadagi Urumiya shahriga qarashli Silvana tumanining Delamper qishlog’ida yerga qulagan va Eron armiyasiga oid bo’lgan vertolyotda uchuvchi yordamchisi jon berar ekan, 6 nafar xavfsizlik xodimi tan jarohati olgan.

Voqea joyiga 1 ta vertolyot bilan 10 ta tez yordam mashinasi yuborilar ekan, tan jarohati olganlarning kasalxonaga yotqizilganligi ma’lum bo’ldi.

Halokatga, vertolyot ko’tarilar chog’ida esgan shamolning yo’l ochganligi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #vertolyot halokati , #Eron

Aloqador xabarlar