Ashraf G’ani AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus elchisi Zalmay Halilzod bilan uchrashdi

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani Kobulga tashrif buyurgan Zalmay Halilzodni prezidentlik saroyida qabul qildi.

1175370
Ashraf G’ani AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus elchisi Zalmay Halilzod bilan uchrashdi

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani AQShning Afg'oniston bo'yicha maxsus elchisi Zalmay Halilzod bilan uchrashdi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Ashraf G’ani tinchlik jarayoni doirasida poytaxt Kobulga tashrif buyurgan Zalmay Halilzod bilan prezidentlik saroyida uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatda tinchlik jarayoni muzokaralarini davom ettirish xususida fikr almashildi.

Shuningdek, Zalmay Halilzod kecha Afg’oniston oliy tinchlik sho’rosi bosh kotibi Muhammad Umar Davutzay, tinchlik muzokaralari hay’ati va ayol vakillar bilan uchrashgan edi.

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani boshqaruvidagi hukumat uchun katta tahdid bo’lgan “Tolibon” harakati mamlakatning bir qator hududida hukmronligini saqlab turibdi.

Ba’zi hududlari “Tolibon” nazoratida bo’lgan mamlakatda jiddiy xavfsizlik muammosi mavjud.

Hukumat o’tgan yillarda bir necha bor “Tolibon” harakati bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga g’ayrat qildi.

Bu doirada Tinchlik kengashi tuzishiga qaramay, hamon biron natijaga erishilmadi.

Eslatma: Sobiq prezident Hamid Karzay davrida, Afg’oniston hukumati bilan “Tolibon” o’rtasidagi muzokaralar 2013 yil iyun oyida Qatar poytaxti Doxada o’tkazilishi rejalangan edi.

Biroq, “Tolibon” o’z vakolatxonasiga “Afg’oniston islom amirligi” degan yozuvni va bayrog’ini osib qo’ygach, Afg’oniston hukumati muzokaralardan bosh tortgan edi.

Doxadagi “Tolibon” vakolatxonasi esa, 1 oy o’tgach yopilgandi va tinchlik muzokaralari to’xtatilgandi.

 



Aloqador xabarlar