Afg’oniston-Eron chegarasida 1 tonnaga yaqin giyohvand modda qo’lga tushirildi
Afg’oniston-Eron chegarasida olib borilgan operatsiyada 943 kg qoradori, 46 kg ko’knori va boshqa turli xildagi giyohvand moddalar qo’lga tushirilgan.
Eron janubi sharqida taxminan 1 tonna giyohvand modda qo’lga tushirildi.
Bu haqda IRNA rasmiy xabar agentligi ma’lum qildi.
Xabarga ko’ra, Afg’oniston chegarasida joylashgan Rezaviy Xuroson hududi chegara qo’shini qo’mondoni Mashollox Jan Nisar bilan Janubiy Xuroson xavfsizlik kuchlari o’rtasida hamkorlikda olib borilgan reydlarda 98 kg giyohvand modda qo’lga tushirilgan.
Shu bilan birga, operatsiyada 943 kg qoradori, 46 kg ko’knori va boshqa turli xildagi giyohvand moddalar qo’lga tushirilgan.
Giyohvand moddalarni chegaradan olib o’tishga uringan shaxslar qurollarini tashlab voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lishgan.
Aloqador xabarlar
Afg‘oniston shimolida yuzaga kelgan suv toshqinlarida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.
Afgʻonistonda tabiiy ofat yuzasidan har yili yuzlab inson halok boʻlmoqda.