Istanbuldan yo'lga otlangan “Elhiblu 1” tankeri Liviyada qaroqchilar tomonidan garovga olindi

Ma’lumotga ko’ra, 52 metr uzunlikdagi tanker ichida 6 nafar ekipaj bo’lgan. Ulardan biri turk millatiga mansub ekanligi aytilmoqda.

1172065
Istanbuldan yo'lga otlangan “Elhiblu 1” tankeri Liviyada qaroqchilar tomonidan garovga olindi

Shu yilning 22 mart kuni Istanbulning Tuzla dahasidan harakatlangan “Elhiblu 1” nomli tanker Liviya dengiz hududida qaroqchilar tomonidan garovga olindi.

Ma’lumotga ko’ra, 52 metr uzunlikdagi tanker ichida 6 nafar ekipaj bo’lgan. Ulardan biri turk millatiga mansub ekanligi aytilmoqda.

Palau bayroqli tankerga kecha qaroqchilar bosqin uyushtirgan.

Tankerning kapitani turk, ekipajlardan 4 tasi hind va biri liviyalik ekanligi aniqlandi.

Bundan tashqari, tankerda 100dan ortiq muhojirlarning borligi aytilmoqda.

Tanker hozirda Malta dengiz hududida harakatlanmoqda.

Tegishli vazirliklar hodisa yuzasidan darhol kerakli chora-tadbirlarni olishga kirishdi. Shu bilan birga, tegishli davlatlarning vakillari bilan koordinatsiya markazi tashkil qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #tanker , #Elhiblu 1 , #qaroqchi

Aloqador xabarlar