Yangi Zelandiya Bosh vaziri, hukumati va aholisi musulmonlarni yolg'iz qoymadi

Christchurchdagi Alnoor va Linwood nomidagi jome’ masjidlarida jon berganlar uchun Yangi Zelandiyaning barcha shahrida ularni yodga olish marosimi uyushtirildi.

1169021
Yangi Zelandiya Bosh vaziri, hukumati va aholisi musulmonlarni yolg'iz qoymadi

Yangi Zelandiyaning Christchurch shahridagi ikkita jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan va 50 nafar kishining umriga, 50 kishining sog’ligiga zomin bo’lgan hujum ortidan kelgan birinchi juma kuni, musulmonlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida juma namozi milliy tele (TVNZ) va radio (RNZ) kanallarida jonli olaroq havola qilindi.  

Christchurchdagi Alnoor va Linwood nomidagi jome’ masjidlarida jon berganlar uchun Yangi Zelandiyaning barcha shahrida ularni yodga olish marosimi uyushtirildi.

Yangi Zelandiyaning TVNZ va RNZ milliy kanallarida o’rin berilgan marosimlarda juma namozi jonli olaroq namoyish etildi. Azon ortidan terror qurbonlari xotirasiga 2 daqiqalik sukut saqlandi.

Terror hujumi ortidan aytkan so’zlari, olgan chora va tadbirlari va terror qurboni bo’lgan musulmon aholisi oldidagi iliq munosabati yuzasidan olqishga sazovor bo’lgan Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jacinda Ardern, Christchurchdagi Hagley parkida o’qilgan juma namozida ishtirok etdi.

Namozdan oldin qisqacha nutqiga hadis bilan boshlagan Jacinda Ardern, “Payg’ambar Muhammad dediki, o’zaro rahmdillik va rahm-shafqat bilan ishonganlar bir badanga o’xshaydi. Badanning qaysidir bo’lagi og’risa uni butun badan his qiladi”. Yangi Zelandiya siz bilan. Motamda, biz birgamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Linwood jome’ masjidi imomi Alabiy Lateef Zirullah tomonidan o’qilgan azon ortidan hutbaga chiqqan Alnoor jome’ masjidi imomi Gamal Founda Bosh vazir Ardern, hukumat va yangi zelandiyaliklarga qo’llab-quvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Terrorning rangi, dini va irqi yo’qligini, bo’lmasligini ta’kidlagan Founda,

“Yangi Zelandiyaning yengilmasligini ko’rsatdik. Sevgi va ittifoqning namunasini butun dunyo bizda ko’risihi mumkin. Qalbimiz hafa lekin biz yengilmadik” deya gapirdi.

Yurt bo’ylab uyushtirilgan marosimda Bosh vazir Arderning taklifiga binoan ko’plab Yangi Zelandiya ayollari ro’mol o’rab, musulmonlarni qo’llab-quvvatladi.

 



Aloqador xabarlar