Iroq Sinjarga qo’shimcha kuch yuborish haqida qaror qabul qildi

Iroq Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi G’animiy harbiylar bilan PKK terror tashkiloti o’rtasida to’qnashuv yuz bergan Musulning Sinjar tumanida harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi.

1167646
Iroq Sinjarga qo’shimcha kuch yuborish haqida qaror qabul qildi

Iroq Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi raisi O’smon al-G’animiy Musulga qarashli Sinjar tumaniga qo’shimcha kuch yuborish haqida qaror qabul qilganliklarini ma’lum qildi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra G’animiy harbiylar bilan PKK terror tashkiloti o’rtasida to’qnashuv yuz bergan Musulning Sinjar tumanida harbiy xizmatchilar bilan uchrashkan.   

Uchrashuvda, “Iroq harbiylari, davlatning qadir-qimmati va yurt himoyachilaridir” degan G’animiy, Sinjarda yuz bergan to’qnashuv ortidan tumanga qo’shimcha kuch yuborish haqida qaror qabul qilinganligini ma’lum qilgan.

G’animiy, “qurolning davlat monpoliyasida qo’lishi, xavfsizlik kuchlari va fuqarolarga hujum qilganlarga kerakli javobning berilishi” haqida buyruq bergan.

Bosh vazir Odil Abdulmahdiy ham oldingi matbuot anjumanida, “Sinjarda kerakli chora va tadbirni olganliklarini ifoda etkan holda, iroqlik 2 nafar askarning umriga zomin bo’lgan PKK terror tashkiloti a’zolarining taslim bo’lganliklarini qayd etgan edi.
 



Aloqador xabarlar