Afg'onistonda bombali hujumda 7 kishi jon berdi...

Afg'onistonda G'azna va Qandahar shaharlarida uyushtirilgan bombali hujum natijasida 3 askar jami 7 kishi qurbon bo'ldi.

1165072
Afg'onistonda bombali hujumda 7 kishi jon berdi...

 

Afg'onistonda G'azna va Qandahar shaharlarida uyushtirilgan bombali hujum natijasida 3 askar jami 7 kishi qurbon bo'ldi.

G'azna hokimiyati voizi Muhammed Arif Nur, matbuotga bergan bayonotida, Qozi qal'asi hududida yo'l chetida joylashtirilgan bombaning, askarlar o'tgan paytda portlaganini bildirdi.

Hujumda 3 askarning hayotini yo'qotganini ifoda etgan Nuri, 3 askarning esa tan jarohati olganini izohladi.

G'azna shifoxonasidan berilgan bayonotda esa hujumda 2 tinch aholining tan jarohati olgani bildirildi.

Qandahar viloyatining Argandob tumanida bir hovlida joylashtirilgan bombaning portlashi oqibatida 4 kishi qurbon bo'ldi.

Qandahar xavfsizlik mudiri Tadin Han, qurbonlardan birining Qandahar xavfsizlik tashkiloti qo'mondoni Haji Zumarai bo'lganini bildirib, mavzuga doir tekshiruv boshlatilganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'onistonda , #hujum sodir etildi

Aloqador xabarlar