Yangi Zelandiyada qurollar savdosi bo'yicha qoidalar o‘zgartiriladi

“Men hozirning o‘zida shuni aytmoqchiman: qurollar savdosi bo‘yicha qonunchiligimiz o‘zgaradi. Urinishlar avval ham bo‘lgan, endi esa buni ijro etishning vaqti keldi”,-dedi Yangi Zelandiya bosh vaziri.

1164730
Yangi Zelandiyada qurollar savdosi bo'yicha qoidalar o‘zgartiriladi

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatda qurollar savdosi qoidalari o‘zgartirilishini ma’lum qildi.

Bosh vazir Jasinda Ardern Kraystcherch shahri masjidlarida ro‘y bergan va 49 kishining hayotiga zomin bo’lgan ommaviy qotilliklardan keyin voqea joyiga safari oldidan matbuotga brifing berdi.

“Men hozirning o‘zida shuni aytmoqchiman: qurollar savdosi bo‘yicha qonunchiligimiz o‘zgaradi. Urinishlar avval ham bo‘lgan, endi esa buni ijro etishning vaqti keldi”, - dedi Yangi Zelandiya bosh vaziri.

Uning ta’kidlashicha, hujumni sodir etgan jinoyatchi 2017 yil dekabr oyida qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olgan va u qotillikni sodir etishda 2 ta yârim avtomat, 2 tasi ov miltig’i bo’lib jami 5 ta quroldan foydalangan.

Yangi Zelandiya qonunlariga ko’ra, hozirgi kunda yarim avtomat miltiqlarni oddiy litsenziyaga ega bo‘lgan holda sotib olish mumkin, u qurolni ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilmaydi. Bu qurol hatto 16 yoshdan kattalarga va yaroqli sababi borlarga beriladi.

Terrorchilik harakati sodir etilgan Kraystcherch shahridagi “Al Nur” va “Linvud” masjidlarida tekshiruv o’tkazishini ma’lum qilgan bosh vazir Jasinda Ardern shifoxonalarda yotgan 40 yaradordan 2 tasining ahvoli og’ir ekanligini ma’lum qildi.

Shaharga milliy razvedka xizmati guruhi va qo’shimcha xavfsizlik kuchlari safarbar etilganligini ma’lum qilgan Jasinda Ardern: “Qo’lga olinganlardan hech kim Avstraliyada biron jinoyatga qo’l urmagan. Bu yerda va Avstraliyada qidiruv ro’yxatida ham bo’lmagan. Mamlakatimiz motamda ekan, biz bu kabi savollarga javob qidiryabmiz”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yangi Zelandiya , #masjidga hujum , #qurol

Aloqador xabarlar