Butun dunyo Yangi Zelandiyada sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoralamoqda

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha maslahatchisi Federika Mogherini voqeaga munosabatini bildirdi.

1164374
Butun dunyo Yangi Zelandiyada sodir bo'lgan terrorchilik harakatini qoralamoqda

Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi ikkita masjidga juma namozidan keyin sodir etilgan hujumda 49 kishining halok bo’lganligi butun dunyoda qoralandi.

Yevropa Ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha maslahatchisi Federika Mogherini voqeaga munosabatini bildirdi.

“Yangi Zelandiyadagi terrorchilik harakatida halok bo’lganlarning oilalariga hamdardlik bildiramiz. Ibodatgohlarga sodir etilgan hujumlar barchamizga sodir qilingan hujum bo’lib hisoblanadi”,-dedi Federika Mogherini.

Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk o’zining tvitterdagi sahifasida “Kraystcherch shahridagi hujum hech qachon Yangi Zelandiyaning ijobiy munosabatiga zarar bera olmaydi”,-dedi.

Yevropa parlamenti rahbari Antonio Tajani: “Yangi Zelandiyada sodir bo’lgan terrorchilik harakatining tasvirlari oldida inson tildan qolishi hech gap emas. Irqchi nafrat va tentaklik masjidda ibodat qilayotgan begunoh insonlarni nishonga oldi”,-dedi.

NATO bosh kotibi Jens Stoltenberg o’zining tvitterdagi sahifasida Yangi Zelandiyada ikki masjidga sodir qilingan terrorchilik harakatini qattiq qoraladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Yangi Zelandiya bosh vaziri Jacinda Ardernga hamdardlik bildirdi.

“Ibodat qilish uchun to’plangan tinch aholi vakillariga nisbatan hujum vahshiylikdir. Umid qilamanki, bu jinoyatga qo’l urgan barcha kerakli jazoga mahkum etiladi”,-deya munosabat bildiradi Putin.

Germaniya hukumati vakili Steffen Saibert mamlakat kantsleri Angela Merkel nomidan voqeaga munosabatini bildirdi.

Germaniya kantsleri Angela Merkel Yangi Zelandiyada sodir bo’lgan terrorchilik harakati tufayli larzaga tushganligini bildirib, “Yangi Zelandiyada xotirjamlik bilan ibodat qilinayotgan masjidda o’ldirilganlar uchun motamdaman. Bunday terror hujumiga qarshi bir yoqadan bosh chiqaramiz”,-deb yozadi Germaniya hukumati vakili Steffen Saibert.

Shu bilan birga, Germaniya tashqi ishlar vaziri Heiko Maas ham tvitterda ushvu voqeada halok bo’lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

“Vahshiy terror hujumi xotirjam namoz o’qiyotgan musulmonlarni o’ldirdi. Agar inson faqatgina diniy e’tiqodi sababli o’ldirilayotgan bo’lsa, bu hujum barchamizga qilingan hujum demakdir. Biz halok bo’lganlarning yonidamiz. Kuchli bo’l Yangi Zelandiya!”,- deb yozadi Heiko Maas tvitterda.

 



Aloqador xabarlar