BMT o’z xodimlarini Boeing 737 Max samolyotlarida sayohat qilmaslikka chaqirdi

BMT bosh kotibi voizi Stephane Dujarrik: “BMT xodimlariga Efiopiyada halokatga uchragan Boeing 737 Max samolyotlarida sayohat qilmasligiga doir buyruq berildi”,-dedi.

1164032
BMT o’z xodimlarini Boeing 737 Max samolyotlarida sayohat qilmaslikka chaqirdi

Efiopiyada 10 mart kuni Boeing 737 Max 8 samolyoti halokatga uchragandan keyin ko‘plab davlatlar va aviakompaniyalar ushbu samolyotlar parvozlarini to‘xtatishga qaror berdi.

Jumladan, BMT o’z xodimlarini Boeing 737 Max samolyotlarida sayohat qilmaslikka chaqirdi.

BMT bosh kotibi voizi Stephane Dujarrik kundalik matbuot brifingida: “BMT xodimlariga Efiopiyada halokatga uchragan Boeing 737 Max samolyotlarida sayohat qilmasligiga doir buyruq berildi”,-dedi.

Uning so’zlariga ko’ra, bu qaror odatdagi xavfsizlik chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi.

Efiopiya poytaxti Addis Ababada 10 mart kuni Boeing 737 Max 8 samolyoti halokatga uchradi.

Fojiada 157 kishi halok bo’ldi. Bu voqeadan so’ng 40dan ortiq mamlakat Boeing'in 737 Max samolyotlari parvozini to‘xtatgan, 7 ta davlat aviakompaniyalari ular bilan hamkorlikdan bosh tortgan. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Efiopiya , #Boeing 737 Max , #samolyot , #halokat , #BMT

Aloqador xabarlar