Idlibdagi muhojirlar jon saqlagan lagerga qarshi havo hujumi uyushtirildi

Suriyaning shimoliy-g’arbidagi Idlib viloyatining, “taranglikni kamaytirish” hududidagi Serakib tumanida o’rin olgan muhojirlar lageriga qarshi havo hujumi uyushtirildi.

1162310
Idlibdagi muhojirlar jon saqlagan lagerga qarshi havo hujumi uyushtirildi

Suriyaning shimoliy-g’arbidagi Idlib viloyatining, “taranglikni kamaytirish” hududidagi Serakib tumanida o’rin olgan muhojirlar lageriga qarshi uyushtirilgan havo hujumida tinch aholidan 2 kishi jon berdi.

Muxolafat guruhga oid uchoqlarni kuzatish markazining qayd etishicha rus urush uchoqlari tomonidan uyushtirilgan hujumda ko’pchiligi yosh bola bo’lish bilan birga jon berganlardan tashqari 19 kishi tan jarohati olgan.

Harbiy bo’lmagan manbaalar, tong saharlab, Idlibning janubiy-sharq qismidagi Serakib tumanining Kefer Amim qishlog’i atrofida majburlash yo’li orqali o’z uy-joyidan mahrum qilingan tinch aholi jon saqlagan lagerga qarshi havo hujumi uyushtirilganligini ma’lum qildi.  

Hujum oqibatida 2 kishi jon berar ekan, jon berganlardan tashqari 19 kishi tan jarohati olgan.

Muxolafat guruhga oid uchoqlarni kuzatish markazi tomonidan ijtimoiy media hisobi orqali berilgan bayonotda ham “Himeymim nomidagi harbiy bazadan ko’tarilgan Su 34 rusumidagi rus urush uchoqlari, kecha kechqurun mahalliy vaqt bilan soat 04:00 chog’larigacha hujumlar uyushtirdi” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #havo hujumi , #muhojirlar lageri , #Idlib , #Suriya

Aloqador xabarlar