Indoneziyaning Sulavesi orolida 5 magnitudali zilzila ro’y berdi

Ma’lumotga ko’ra, zilzila O’rta Sulavesi shtatiga qarashli Donggala hududiga 52 km shimoli g’arbida kuzatilgan bo’lib, zilzila o’chog’i yerning 10 km tubida joylashgan.

1162442
Indoneziyaning Sulavesi orolida 5 magnitudali zilzila ro’y berdi

Indoneziyaning Sulavesi orolida 5 magnitudali zilzila ro’y berdi.

Bu haqda Indoneziya meteorologiya, klimatologiya va geofizika agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, zilzila O’rta Sulavesi shtatiga qarashli Donggala hududiga 52 km shimoli g’arbida kuzatilgan bo’lib, zilzila o’chog’i yerning 10 km tubida joylashgan.

Zilzila oqibatida qurbonlar yoki yaradorlarning yo’qligi aytilmoqda.

Tegishli vakillar tsunamiga qarshi ogohlantiruv bermadi.

Eslatma: Indoneziyada 2018 yil 28 sentyabr kuni Sulavesi orolidagi Palu ko’rfazida sodir bo’lgan 7.5 bal zilzila va ortidan ro’y bergan tsunami falokatida Donggala, Palu va Sigi hududlari katta talofatga uchragan edi.

Oroldagi zilzila va tsunami falokatlarida 4340 kishi halok bo’lgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Indoneziya , #zilzila

Aloqador xabarlar