Tunislik namoyishchilar: “Kasalxonalarimiz bolalarimiz va orzularimizning qabriga aylandi”.

Tunisdagi davlat kasalxonalaridan birida 11 nafar chaqaloqning o’limi norozichilikka yo’l ochdi.

1160791
Tunislik namoyishchilar: “Kasalxonalarimiz bolalarimiz va orzularimizning qabriga aylandi”.
tunus bebek olumleri protesto1.jpg

Tunisdagi davlat kasalxonalaridan birida 11 nafar chaqaloqning o’limi norozichilikka yo’l ochdi.

Poytaxt Tunisda o’rin olgan Habib Burgiba ko’chasidagi meriyaga qarashli teatr binosi oldida uyushtirilgan norozichilik namoyishida ishtirokchilar butun javobgarchilikni davlatning o’z bo’yniga olishi kerakligini qayd etdi.  

Hukumatga qarshi shiorlar bilan chiqish qilgan namoyishchilar qo’llarida, “Kasalxonalarimiz bolalarimiz va orzularimizning qabriga aylandi”, “Beshikdagi chaqaloqlarni ham o’ldirdilar”, “Kartondan yasalgan kasalxonalar” deb yozilgan plakatlarni ko’tarib chiqdi.

Namoyishda ishtirok etgan inson huquqlari faoli Hisham Majiriy, “Muammo siyosiy yoki partiya masalasi emas” degan holda, bu falokatga qarshi bee’tibor munosabatda bo’lishlik xalqni qanchalik xijolat qilganligi aytildi.

Tunis poyaxtidagi “ar-Rabita” nomidagi davlat kasalxonasida oxirgi kunlarda 11 nafar chaqaloq jon berar ekan buning ustiga Bosh vazir Yusuf Shahid kasalxonaga tashrif buyurgandi. Sog’likni saqlash vaziri Abdurrauf ash-Sharif esa iste’fo uchun ariza yozgandi.  

Sud, voqea ustidan tergov ishi boshlatilganligini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #ar-Rabita , #chaqaloqning o’limi , #Tunis

Aloqador xabarlar