Rossiya TIV Sergey Lavrov Turkiyaga bo’lgan tashrifini keyingiga qoldirdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 12-mart kuni Turkiyaga bo’lgan tashrifi keyingiga qoldirildi.

1161222
Rossiya TIV Sergey Lavrov Turkiyaga bo’lgan tashrifini keyingiga qoldirdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 12-mart kuni Turkiyaga bo’lgan tashrifi keyingiga qoldirildi.

Sputnik portalida o’rin olgan ma’lumotga ko’ra Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Lavrovning 12-mart uchun rejalashtirilgan Turkiya tashrifi, Tashqi ishlar vazirligining ish dasturining o’zgarishi tufayli 18-martka qoldirilganligi qayd etildi.  

Tashrifining keyingiga qoldirilish masalasiga turk rasmiylar bilan kelishilgan holda qaror berilganligi ham ilova etildi.  

Aytib o’tish joizki Rossiya Tashqi ishlar vazirining kasbdoshi Mevlut Chavusho’g’li bilan uchrashuv o’tkazish uchun 12-13 mart kunlari Antaliyaga kelishi kutilayotgan edi.

Tashqi ishlar vazirlari Rossiya-Turkiya Strategik rejalashtirish guruhi yig’ilishida ishtirok etmoqchi edi.

 



Aloqador xabarlar