Janubiy Koreya Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik davlat rahbari deb tan oldi

“Seul hukumati Venesuelada Xuan Guaydoni vaqtinchalik davlat rahbari deb tan oladi va Guaydo boshchiligida qisqa muddat ichida demokratik, shaffof va ishonchga munosib bo‘lgan prezident saylovi o‘tkazilishini talab qiladi”,-deyiladi bayonotda.

1152688
Janubiy Koreya Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik davlat rahbari deb tan oldi

Janubiy Koreya Venesuela milliy assambleyasi spikeri Xuan Guaydoni Venesuelaning vaqtinchalik davlat rahbari deb tan oldi.

Bu haqda Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Seul hukumati Venesuelada o’zini vaqtinchalik davlat rahbari deb e’lon qilgan Xuan Guaydoni tan oladi va prezident vazifasini bajarayotgan Guaydo boshchiligida qisqa muddat ichida demokratik, shaffof va ishonchga munosib bo‘lgan prezident saylovi o‘tkazilishini talab qiladi”,-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, Xuan Guaydo shu yilning 23 yanvar kuni o‘zini Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb e'lon qildi.

AQSh va 20dan ortiq Yevropa davlatlari uni davlat rahbari deb tan oldi. Turkiya, Meksika, Rossiya, Eron, Kuba, Xitoy, Boliviya va yana bir nechta davlat Nikolas Maduroni mamlakatning qonuniy prezidenti sifatida qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #Venesuela , #Xuan Guaydo

Aloqador xabarlar