Eron TIV Javad Zarif AQShning Venesuelaga bo’lgan munosabatlarini baholadi

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, Venesule Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Robin Daryo Molina yetakchiligidagi hay’at bilan uchrashdi.

1151870
Eron TIV Javad Zarif AQShning Venesuelaga bo’lgan munosabatlarini baholadi

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Amerika Qo’shma Shtatlarining Venesuelaga bo’lgan tahdidlarini “xalqaro huquqning paymoli” deb baholadi va “muvaffaqiyatsizlikka mahkum ekanligini” qayd etdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb saytida mavzu haqida joylashtirilgan ma’lumotga ko’ra Tashqi ishlar vaziri Zarif, Venesule Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Robin Daryo Molina yetakchiligidagi hay’at bilan uchrashgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Zarif mazkur uchrashuvda, har qanday tashqi aralashuvlarga qarshi ekanliklarini va Venesuela hukumatini qo’llab-quvvatlaganliklarini ifoda etgan.

Venesuela Davlat rahbari Nicolas Maduroning muammolarning hal qilinishi uchun hukumat bilan muxolafat o’rtasida siyosiy muzokara o’tkazish haqidagi taklifini qo’llab-quvvatlaganliklarini eslatib o’tgan Zarif, AQShning Venesuela bilan Lotin Amerika mamlakatlarining ichki ishlariga aralashuvini va Venesulega bo’lgan tahdidlarining xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti deklaratsiyasining paymol qilinishi bilan birday vaziyat ekanligini bildirdi.

Zarif shuningdek, bunday qadamlarning “muvaffaqiyatsizlikka mahkum ekanligini” ta’kidladi.

Uchrashuvda Venesueladagi oxirgi vaziyatlar haqida Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarifga ma’lumot bergan Venesule Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Molina ham mamlakatdagi siyosiy vaziyatning yaxshilanishi uchun bergan yordami uchun Eronga minnatdorchilik bildirdi.  

 


 

 



Aloqador xabarlar