Afg’oniston shimolida Tolibon hujumlari avj oldi

Afg’oniston shimolida joylashgan Juzjan viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari xususiy kompaniyaga tegishli avtomobilga hujum qildi.

1149567
Afg’oniston shimolida Tolibon hujumlari avj oldi

 

Afg’oniston shimolida joylashgan Juzjan viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari xususiy kompaniyaga tegishli avtomobilga hujum qildi.

Hujumda 2 kishi halok bo’ldi.

Juzjan hokimligi kotibi Feridun Anik ma’lum qilishicha, jangarilar Juzjan viloyatidan Mozori-Sharifga ketayotgan avtomobilga qurolli hujum sodir etgan.

Bu voqea Xonaqoh tumani yaqinida yuzaga kelgan bo’lib, voqeada 2 kishi halok bo’lgan, 4 kishi yaralangan.

Jangarilar hujumdan so’ng voqea joyidan qochishga muvaffaq bo’lishgan.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Tolibon , #hujum

Aloqador xabarlar