Ashraf G’ani AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodni qabul qildi

“Ashraf G’ani poytaxt Kobulga tashrif buyurgan AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan bosh vazirlik qarorgohida uchrashdi”,-deyiladi bayonotda.

1147707
Ashraf G’ani AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodni qabul qildi

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzodni qabul qildi.

Bu haqda Afg’oniston prezidentlik matbuot xizmati bayonot berdi.

“Ashraf G’ani poytaxt Kobulga tashrif buyurgan AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan bosh vazirlik qarorgohida uchrashdi”,-deyiladi bayonotda.

Zalmay Xalilzodning ta’kidlashicha, AQSh Afg’onistonga mustahkam va uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni olib kelish maqsadida jiddiy faoliyat olib bormoqda. Shu bilan birga, AQSh Afg’onistonda tinchlik o’rnatish va taxminan 40 yildan buyon davom etayotgan urushni to’xtatish uchun qo’lidan kelgancha g’ayrat qilmoqda.

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani “Tolibo”n harakatining boshqa terror guruhlari bilan aloqasiga aniqlik kiritilishini talab qildi.

Uning fikricha, Afg’onistonda tinchlik o’rnatish uchun mintaqaviy va xalqaro faoliyatlarga ehtiyoj bor.

“Zalmay Xalilzod bilan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun yangi metod ustida kelishib oldik”,-deydi u.

Prezidentning ta’kidlashicha, Afg’oniston hukumati uchun katta tahdid bo’lgan “Tolibon” harakati mamlakatning boshqa ko’plab hududlarida hokimiyatni qo’ldan boy bermayotir.

Hozirda ba’zi viloyatlar “Tolibon” nazoratida. Shu sababli, mamlakat jiddiy xavfsizlik muammosiga yuz tutgan vaziyatda.

Hukumat o’tgan yillarda qayta-qayta “Tolibon” bilan tinchlik muzokaralarini boshlash uchun jiddiy harakat qildi, Tinchlik kengashi tuzildi, bunga qaramay hamon ijobiy natija olinmadi.

Afg’onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay davrida 2013 yil iyun oyida Qatar poytaxti Dohada Afg’oniston hukumati bilan “Tolibon” harakati o’rtasida muzokara o’tkazish rejalashtirilgan edi, biroq “Tolibon” o’z vakolatxonasiga “Afg’oniston islom amirligi” degan yozuvni va Tolibon bayrog’ini osib qo’ygach, Afg’oniston hukumati muzokaralardan voz kechgan edi.

Mazkur vakolatxona bir oy ichida yopilgan edi va natijada tinchlik muzokaralari to’xtagan edi.

 

 



Aloqador xabarlar