Maduro, butun dunyoni Venesuela bilan hamjihatlikka chaqirdi

Venesuela Davlat rahbari Nicolas Maduro, AQSh Prezidenti Donald Trumpning ularni takror harbiy aralashuv bilan tahdid qilganligini belgilab o’tgan holda, butun dunyoni Venesuela bilan hamjihatlikka chaqirdi.

1144908
Maduro, butun dunyoni Venesuela bilan hamjihatlikka chaqirdi

Venesuela Davlat rahbari Nicolas Maduro, Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trumpning ularni takror harbiy aralashuv bilan tahdid qilganligini belgilab o’tgan holda, butun dunyoni Venesuela bilan hamjihatlikka chaqirdi.  

Prezidentning poytaxt Karakasdagi “Miraflores” saroyida vitse-prezident Delcy Rodriguez va Qishloq xo'jaligi vaziri Wilmar Castro Soteldo bilan mamlakatning turli hududlaridagi qishloq xo’jaligi va chorvachilik loyihalarini jonli aloqalar orqali nazorat qilgan Maduro, u yerda kun tartibi masalalari bo’yicha bayonot berdi.

Trumpga berilgan va “Venesueladagi muammoni harbiy yo’l bilan hal qilish ehtimoli bor yoki yo’qligi” haqidagi savolga qarshi, “Muammoni hal qilish yo’llari bo’yicha bir necha taklif bor. Ularning hammasini ko’rib chiqamiz” deb javob berganligini qayd etgan Maduro,

“AQSh Prezidenti Venesuelani takror harbiy aralashuv bilan tahdid qildi. Shunday ekan butun dunyoni Venesuela bilan hamjihatlikka chaqiraman” degan ifodalarga o’rin berdi.  

“AQShning Venesuelani nazorat qilish tashabbusi” oldida xalqning tarixiy qahramonlik bilan bunga qarshilik ko’rsatganligini eslatgan Maduro, nima bo’lishidan qat’iy nazar Venesuelani hurmat qilishlarini ta’minlashlarini ta’kidladi.

Maduro,

“Biz hech kimning quli, tilamchisi yoki xizmatchisi emasmiz. Biz erkin ayol va erkaklarmiz. Obru-e’tiborimiz bizning eng buyuk baxt va quvonchimizdir” dedi.



Aloqador xabarlar