Meksika janubi g’arbida joylashgan Kolima shtatida ommaviy mozor topildi

Shtat prokuraturasi ma’lum qilishicha, Tekoman viloyatiga qarashli Santa Rosa tumanidagi yer maydonida bitta mozorga 19 kishining jasadi ko’mib tashlangan.

1140464
Meksika janubi g’arbida joylashgan Kolima shtatida ommaviy mozor topildi

Meksika janubi g’arbida joylashgan Kolima shtatida ommaviy mozor topildi.

Shtat prokuraturasi ma’lum qilishicha, Tekoman viloyatiga qarashli Santa Rosa tumanidagi yer maydonida bitta mozorga 19 kishining jasadi ko’mib tashlangan.

Shtat hokimi Xose İgnasio Peralta Sanches hududda qazilma faoliyatlari davom etayotganligini va ommaviy dafn etilgan jasadlar soni bundan ham ko’p bo’lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Kolima shtatida jinoyatchilik avj olganligiga diqqat qaratgan Sanches: “Hozircha bu ishda uyushgan jinoyatchi to’dalarning qo’li borligiga doir biron dalil yo’q. Jasadlar medekspertiza tekshiruvidan o’tkazilgach natija ma’lum bo’ladi”,-dedi.

Meksika milliy statistika instituti ma’lumotlariga ko’ra, Kolima shtati 2017 yilda mamlakatning jinoyatchilik eng yuqori darajada bo’lgan shtati deb topilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Meksika , #ommaviy mozor , #jinoyat

Aloqador xabarlar