Avstriya Bosh vaziri, “Brexit” Britaniyaga ham, YIga ham ziyon yetkazadi degan fikrda

Avstriya Bosh vaziri Sebastian Kurz qo’pol va tartibsiz “Brexit” ning, ham Britaniya ham da Yevropa ittifoqiga ziyon yetkazishini qayd etdi.

1129257

Sebastian Kurz Germaniyaning “Welt am Sonntag” deb nomlangan gazetasiga mavzu haqida bergan bayonotida, tomonlarning “shartnomasiz Brexit”dan uzoq turishi kerakligini belgilab o’tgan holda, Yevropa ittifoqining har qanday tsenariyga tayyor ekanligini qayd etdi.

Yevropa ittifoqi sifatida Britaniyaning takliflarini taqdim etishini kutganliklarini eslatib o’tgan Kurz,

“Agar London, muntazam strategiya va reja o’rtaga qo’ygudek bo’lsa unda ittifoq tarkibidan chiqish kunini bir necha oy keyingiga siljitishi mumkin” degan ifodalarga o’rin berdi.

Bosh vazir Theresa Mayning Yevropa ittifoqi bilan kelishib olgan “Brexit” shartnomasi 15-yanvar kuni parlamentda 202 ovozga qarshi 432 ovoz bilan rad etilgan edi.

Britaniya bundan 3 yil muqaddam Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqish haqida qaror qabul qilgan bo’lib, chiqish kunini esa 29-mart deb rejalashtirgan edi.  

Aloqador xabarlar