Qatar amiri Al Sani AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoni qabul qildi

“Qatar amiri Al Sani poytaxt Dohadagi Al-Bahr saroyida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoni qabul qildi”,-deya ma'lum qildi Qatar xabar agentligi QHA.

1124938
Qatar amiri Al Sani AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoni qabul qildi

Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani Qatarga tashrif buyurgan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar muhokama qilindi.

Bu haqda Qatar xabar agentligi QHA xabar berdi.

“Qatar amiri Al Sani poytaxt Dohadagi Al-Bahr saroyida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoni qabul qildi”,-deyiladi xabarda.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro o’zgarishlar, mudofaa, xavfsizlik, iqtisodiy aloqalar, tijorat va investitsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish yo’llari muhokama qilindi.

Shuningdek, Qatar amiri Al Sani AQShning Qatardagi “Al-Ubeyd” harbiy aviabazasidagi sa’y-harakatlari va faol ro’l o’ynaganligi munosabati bilan Pompeoga minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan birga, Ko’rfaz inqirozi, Yaqin sharqdagi tinchlik jarayoni, Falastin, Afg’oniston, Suriya va terrorizmga qarshi kurash kabi dolzarb masalalar ham ko’zdan kechirildi.

Qatar bilan mustahkam harbiy aloqalarga ega bo’lgan AQShning poytaxt Dohaga 30 km masofada joylashgan “Al-Ubeyd” aviabazasida aksariyati havo kuchlariga oid 10 mingdan ziyod harbiy xizmatchi mavjud.

“Al-Ubeyd” aviabazasida Amerika harbiylaridan tashqari AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari ham faoliyat ko’rsatadi.

Davlat kotibi lavozimini egallagandan beri shu bilan ikkinchi marta Yaqin sharq safariga otlangan Pompeo Qatarga tashrifini yakunlab Saudiya Arabistoniga jo’nab ketdi.

 

 



Aloqador xabarlar