Pompeo: “AQSh Prezidentining Suriyadan chiqib ketishi haqidagi qarori qat’iydir”.

Mike Pompeo AQShning Arbil Bosh konsulligida jurnalistlar bilan muloqat qilar ekan unda, Turkiyaning YPG/ PKK terror tashkilotiga qarshi kurashi haqidagi savollarga javob berdi.

1122667
Pompeo: “AQSh Prezidentining Suriyadan chiqib ketishi haqidagi qarori qat’iydir”.

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Mike Pompeo Prezident Donald Trumpning Suriyadan chiqishi haqidagi qarorining qat’iy ekanligini belgilab o’tgan holda, “Terroristlarning Turkiyaga xavf tug’dirganligini bilamiz. Shunday ekan biz Turkiyani qo’llab-quvvatlaymiz” dedi.

AQSh Davlat kotibligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Yaqin Sharq safari doirasida hozirda Iroqda bo’lgan Pompeo, AQShning Arbil Bosh konsulligida jurnalistlar bilan muloqat qilar ekan unda,  

AQSh Prezidentining Suriyadan chiqib ketishi haqidagi qarorining qat’iy ekanligini qayd etdi.  

Jurnalistlardan birining Turkiya va (YPG/ PKK terror tashkilotini nazarda tutgan holda) “kurdlar” bilan bo’lgan munosabatni qanday davom ettirishi haqidagi savoliga javob bergan Pompeo, ikkala tomon bilan ham uchrashuv o’tkazganliklarini eslatgan holda,

“Askarlarimizning xavfsiz chiqishi uchun kerakli uchrashuvlarni amalga oshirmoqdamiz. (Suriyadan) Albatta ularning chiqmasidan oldin barcha DEASh unsurlarining yo’q qilinganidan amin bo’lishni xohlaymiz” deya gapirdi.

Pompeo, jurnalistlardan yana birining Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning, YPG/ PKK terror tashkilotini Turkiya uchun xavf tug’diradigandek xarakterlashiga e’tibor qaratgan savoliga qarshi:

“Ero’g’an terroristlarning ular uchun xavf tashkil etishi haqida gapirdi. Terroristlarning Turkiyaga xavf tug’dirganligini biz ham bilamiz. Shunday ekan Turkiyani qo’llab-quvvatlaymiz. Ekstremistlar va terroristlar qayerda bo’lishidan qat’iy nazar ular bilan kurash olib boradigan davlatlarni qo’llab-quvvatlashga tayyormiz. Bunga Turkiyadek dunyoning boshqa davlatlari ham doxildir” deb javob berdi.

 

 



Aloqador xabarlar